Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida didaktikaning o`rni va ahamiyati

##plugins.themes.academic_pro.article.main##

Iglomova D.Z.
Imamova N.U.

Abstract

Bolalar nozik qalbli go'zal hilqat vakillaridir .Ular o`z dunyosining jajji podshohlari, ularning
dunyolarida faqat ezgulik, beg`uborlik mujassamlashgan.Ularni bir nihol desak,u niholni to`g`ri tekis
qilib o`stirish tarbiyachilarning zimmasidagi muhim vazifalardandir. Ularga ta`lim berishda bizga
didaktik o`yinlar yordam beradi.Didaktika(yunoncha didaktikos-,,o`rgatuvchi”, ,,ta`lim
beruvchi’’)degan ma`noni anglatadi.Didaktika atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda o`qitish va ta`lim
jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qo`llanila boshlagan.Bunga Ya.a. Komenskiyning
,,Buyuk didaktika’’asarida bolalar va o`smirlarga ta`lim berishni eng qulay va mohirona bajariladigan
usullari haqida ma`lumot berilgan. Maktabgacha yosh davrining inson kamolotining keyingi
rivojlanishdagi, bolani maktab ta`limiga tayyorlashdagi alohida roli maktabgacha ta`limning maqsadini
belgilash, maktabgacha yoshdagi bolalarning o`qitish metodlari va tashkiliy shakillarini o`ziga xos
mazmunini ishlab chiqishni, bolalarni har tomonlama voyaga yetkazishga o`qitishning o`ziga xos rolini
bilish, muhim ahamiyatga egadir.Bu esa maktabgacha ta`limda didaktika sohasini yaratilishi va
rivojlanishida asos bo`lib hizmat qildi. Maktabgacha ta`lim didaktikasi bu-umumiy didaktikaning
sohasidir.

##plugins.themes.academic_pro.article.details##

How to Cite
Iglomova D.Z., & Imamova N.U. (2023). Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida didaktikaning o`rni va ahamiyati. Journal the Coryphaeus of Science, 5(1), 42–47. Retrieved from http://jtcos.ru/index.php/jtcos/article/view/26